Inson huquqlari to’g’risida paktlar
Inson huquqlari to’g’risida paktlar — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assam- bleyasi 1966 yil 16 dek.da qabul qilgan paktlar. Iqtisodiy, ijtimoiy va ma- Daniy huquklar to’g’risida xalqaro pakt hamda fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro paktdan iborat. Ular xalqaro shartnoma kuchiga ega bo’lib, dav- latlarning o’z yurisdiktsiyasida bo’lgan shaxslarga muayyan huquklarni berish yuzasidan majburiyatlarini belgilay- Di, I. h. t. p.ga qo’shilgan har bir dav- lat tomonidan tegishli qonun va b. tad- birlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. I. h. t. p.da xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash va shu b-n bo- Glik holda tabiiy boyliklarini o’zi er- kin ravishda tasarruf etish huquqi ta’- kidlangan. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma- Daniy sohalardagi huqukdar, jumladan, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, etarli turmush darajasiga erishish va yashash sharoitini uzluksiz yaxshilab bo- rish huquqi, ijtimoiy va boshlang’ich be- pul ta’lim olish huquqi, madaniy hayotda qatnashish va ilmiy ta-raqqiyot samara- laridan bahramand bo’lish huquqi va b. ko’zda tutilgan. Shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquklar, avvalo, har bir inson yashash huquqiga ega ekanligi ko’rsatilib, hech kim qullikda, zabunlik- da tutilmasligi, qiynoqlarga solinmas – ligi, xo’rlanmasligi, shafqatsiz muoma- laga du-chor qilinmasligi zarur, degan talablar olg’a surilgan. Erkinlik va daxlsizlik huquqi; qonun va sud oldida tenglik; jinoiy va fuqarolik sud ishla- rini yuritish kafolati; o’zbo-shimchalik b-n va qonunga xilof ravishda shaxsiy va oilaviy turmushga aralashmaslik; turar joy daxlsizligi; yozishma siri; inson sha’ni va ob-ro’siga qonunsiz tarzda ta- Jovuz qil-maslik; fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqi; tinch yig’ilishlar o’tkazish va uyushma tuzish erkinligi xuquqi; ham bevosita, ham erkin say- langan vakillar orqali davlat ishlari- ni yuritishda qatnashish; ovoz berish va saylanish huquqi; hech bir moneliksiz o’z fikrida turish huquqi kabilar ham I. h. t. p.da e’tiborga olingan. O’zbekiston Respublikasi 1995 y. 31 avg.da I. h. t. p.ga qo’shilgan.