“INSON VA QONUN”

“INSON VA QONUN” – O’zbekiston Respublikasining huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasi. Muassisi — O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 1996 yil yanvardan oyiga bir marta Toshkentda nashr etilgan. 1998 yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirilgan. Asosiy vazifasi — jamiyatda huquqiy ong va huquq madaniyatini shakllantirish, aholini O’zbekiston va jahon qonunchiligidagi o’zgarishlar bilan tanishtirib borish, ularni tushuntirish va sharhlash, Jinoyatchilik va qonunbuzarlik ildizlarini ochish va bu ishga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat. Asosiy ruknlari: “qonunlarni sharhlaymiz”, “Huquqshunos minbari”, “sud zalidan”, “qonun va ijro”, “huquqingizni bilasizmi?”, “Jinoyatchilik — illat”, “Qonun barchaga barobar”, “kuch — adolatda”. Adadi 6,5 ming nusxa (2002).