Insula
Insula (lotincha insula-ayni ma’nosi orol)-Qadimgi Rimda taxminan miloddan avvalgi III asrdan qurila boshlagan 3-6 qavatli g’ishtli turarjoy binosi, ijaraga beriladigan xonalari bo’lgan. Yuqori qavatlarini qashshoqlar, ancha qulay bo’lgan pastki qavatlarini badavlat kishilar ijaraga olgan. Qurilishda yog’ochdan keng foydalanish, ularning bir-biriga zich qurilishi ulkan yong’inlarni keltirib chiqargan. Rimda Insulaning ijara haqi juda qimmat bo’lgan.