INTALIYA

INTALIYA (italyancha intaglio — o’yma) — chuqurlashtirilgan tasvirli Gemma. Intaliya, asosan, muhr vazifasini o’tagan. Qadimgi Sharq mamlakatlarida miloddan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo’lgan, antik davrda keng tarqalgan.