INTEGRAL TENGLAMALAR

INTEGRAL TENGLAMALAR – noma’lum funktsiyalar intefal belgisi ostida ishtirok etadigan tenglamalar. Mexanika, fizika va boshqa tabiiy fanlarning turli masalalari Integral tenglamalar vositasida hal qilinadi. Singulyar Integral tenglamalar birinchi marta 20-asr boshlarida frantsuz matematigi A. Puankare va nemis matematigi D. Gilbert tadqiqotlarida ishlatilgan. Bunday Integral tenglamalarga doir bir qator muhim natijalar nemis matematigi F. Neter tomonidan olingan; ular Neter teoremalari deb yuritiladi.