INTELLEKTUAL MULK

INTELLEKTUAL MULK – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik ob’yekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, komp-yuterlar uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk ob’yektlariga kiradi. Hozirgi davrda Intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi 1991 yil dekabrda Jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo bo’ldi, 1993 yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konventsiyasiga qo’shildi.