Intendant

Intendant (fransuzcha intendant-boshqaruvchi, mudir)-1) XV-XVIII asrlarda Fransiyada davlat boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya va boshqalarni boshqargan mansabdor shaxs; XVII-XVIII asrlarda, shuningdek, sud-politsiya, moliya va ba’zi joylarda qisman harbiy hokimiyatni boshqargan viloyat Intendantlari ham mavjud bo’lgan; 2) qurolli kuchlarda qo’shin ta’minoti masalalarini hal qiluvchi shaxs. XVII asrdan Fransiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya, sobiq Ittifoq qurolli kuchlari (1940-1955, 1958-1959) va boshqa davlat armiya hamda flotlarida ham mavjud bo’lgan. O’rta Osiyo harbiy tarixidagi yurtovul, yurtchi, mo’g’ullardagi cherbi istilohlari Intendantga taxminan mos keladi.