“Interpol”
“Interpol” (interpol) — xalqaro jinoiy polisiya tashkilotining bar- cha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923 y. Vena sh. (Avstriya)da asos solingan. Hoz. nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947 y. paydo bo’lgan. 1949 y. BMT unga ras- miy ravishda xalqaro hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilot maqomini berdi. “I.”ning amaldagi ustavi 1956 y. 13 iyunda kuchga kirdi. “I.”jinoyatchilarni ro’yxatga olish xalqaro markazi sifatida ish ko’radi, shuningdek, jino-yatchilarni (jinoyatlarda gumon qili-nuvchilarni; bedarak yo’qolganlarni; o’g’irlangan boy- liklarni) xalqaro mi-qyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 dav- lat (1998 y.), shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi “I.”ning a’zosidir (1994 y.dan). O’zR ichki ishlar vazirligi tar- kibida “I.”ning O’zbekiston Respubli- kasidagi milliy Markaziy byurosi tu- zilgan. “I.”ning oliy organlari — bosh Assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qo’mita, unga “I.”prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. “I.”1946 y.dan “xalqaro jino- iy polisiya umumlashtiruvchi ma’lumo- ti” jur.ni nashr etadi. “I.”ning doimiy qarorgohi Frantsiya qilib belgilangan.