INTERVAL
INTERVAL (musiqada) — ikki tovushning past-balandlik (ya’ni tebranishlarning miqsori) jihatidan o’zaro nisbati. Tovushqatorning qamragan pog’onalariga qarab, lotincha tartib sonlarining nomi bilan (prima, sekunda, tertsiya, kvarta va hokazolar) ataladi. Ketma-ketiga sadolanuvchi tovushlardan metodik Interval, baravariga (qo’shalog’iga) sadolangan tovushlardan garmonik Interval tarkib topadi. Musiqa nazariyasida Intervallar hajmi (pog’onalar soni) va sonlar miqdori bilan o’lchanadi. Bir oktava doirasidagi Intervallar oddiy, bir oktavadan keng Intervallar (nona, Desima, Undesima va hokazolar) tarkibiy Intervallar deyiladi. Hamohanglik yoki ohangsizlik jihatidan garmonik Intervallar konsonans va dissonanslarta bo’linadi. Interval duanazoning o’lchov birligidir. Sharq musiqa nazariyasida Interval bo”d deb yuritilgan.