Interventsiya
Interventsiya (lotincha intervention-aralashuv)-bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo’rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qashi qaratilgan harakatlari. Harbiy (qurolli), iqtisodiy, siyosiy Interventsiya bo’lishi mumkin. Qurolli Interventsiya agressiya sifarida baholanadi. Bundan tashqari, intervent davlatlar soniga qarab alohida bir davlatning yoki bir necha davlatning Interventsiyasi bo’ladi, shuningdek, chet el davlati hududiga qurolli kuchlar oshkora bostirib kirishi va yashirin, pinhona tarzda kirishi ham mumkin. Xalqaro huquqda Interventsiyaning har qanday ko’rinishi va shakllari taqiqlangan.