INTERYER

INTERYER (Fransuzcha interieur — ichki) — 1) me’morlikda — bino va inshoot (turar joy, jamoat va sanoat)larning badiiy bezatilgan va jihozlangan ichkari qismi. Vazifasiga ko’ra, Interyerning me’moriy yechimi (ko’rinishi, hajmi, shakli, bezaklari va boshqalar)ga, jihozlar xususiyati (mebel jihozlari va boshqalar)ga, binoning qanday maqsadga mo’ljallanganligiga, o’zaro mos mujassomotda yaratilishiga bog’liq. 2) rang-tasvir janri, 17-asrda golland va flamand rangtasvirida, 19-asrda Rossiyada taraqqiy etgan. O’zbek rangtasvirida Interyer maishiy-tarixiy janrdagi asarlarning ajralmas qismi sifatida namoyon bo’ladi.