Intizom
Intizom — kishilar, jumladan, mehnat jamoasi a’zolarining jami- yatda tarkib topgan huquq va axloq me’- yorlariga, shuningdek, biron-bir tashki- lot talablariga javob beradigan muayyan xulq-atvor va o’zini tutishga oid tartib- qoidalar. I. odamlarning birgaliqsa yashashi va faoliyat yuriti-shini ma’lum bir tartibga solib turadi. Bunga esa mazkur ijtimoiy me’yorlar va qonun- qoidalarni o’zlashtirish, shu b-n birga zarur bo’lganda axloqiy, huquqiy va ma’- muriy javobgarlik va jazo choralari- ni qo’llanish yo’li b-n ham erishiladi. I.ning quy-idagi turlari mavjud: ichki I. (shaxsning o’zini-o’zi I.lilik ruhida tar-biyalashi); hamma uchun umumiy I. (Xu-Susan, davlat I.i); maxsus I. — mu- ayyan tashkilot a’zolari yoki ma’lum to- ifadagi kishilar uchungina belgilangan I. (mas, mehnat I. i, harbiy I. kabi).