Intonasiya

Intonasiya (musiqada) — 1) o’zaro bog’langan bir necha ma’noni angla- tuvchi nazariy-estetik tushuncha, ohang, kuy manbai. Keng ma’noda — badiiy obrazni musiqa tovushlari yordamida ifodalash. Musiqadagi I. balandlik jihatdan (notalar vositasida) belgi- lanishi va ma’lum lad tizimiga asos- lanishi b-n nutq I.sidan farq qiladi. Musiqaviy I. milliylik xususiyati- ga ega. Ba’zan yirik tarixiy o’zgarish (inqilob sodir bo’lishi, ijtimoiy tu- zum almashishi kabi)lar shu davr musiqa I.sida burilish yasaydi. Tor ma’noda — kuyning bir necha tovushdan iborat ifo- Dali parchasi, ohang bo’lagi. Musiqaviy I. antik davr, o’rta asrlar (jumladan, Sharq musiqa nazariyasi)da va Uyg’onish davrida o’rganila boshlangan. Fran- suz ma’rifatparvarlari (J. J. Russo) va ularning izdoshlari (A. Gretri, K. Glyuk), 19-a. dan boshlab rus kompozitor (A. Dargo-mijskiy, M. Musorgskiy) va musika tanqidchilari (A. Serov, V. Sta- sov, B. Yavorskiy) bu sohaga muhim hissa qo’shgan. 20-a.da musiqa I.sining asosiy masalalari bo’yicha musiqashunos akad. B. Asafev mukammal ta’limot yaratgan; 2) sozlarda, ayniqsa, nay, surnay, g’ijjak kabi pardasiz turlarida kuy chalishda, shuningdek, ashula aytishda tovushlarni baland-pastlik jihatidan aniq (kuyni buzmay) ijro etish sof (toza) I.lashga kiradi. Ad.: Asafev B. (I. Glebov), Muzi- kalnaya forma kak prosess, L., 1963; in- tonasiya i muzikalniy obraz (Sbornik statey), M., 1965.