INTRUZIYA

INTRUZIYA (lotincha untrudo — yorib kirib borish) — 1) magmaiint yer pusti qatlamlariga kirib olishi jarayoni. Intruziya natijasida intruziv tog’jinslari tarkib topali; 2) magmaning yer po’stida qotishidan hosil bo’lgan geologik magmatik jism. Atrof jinslar strukturasiga nisbatan mos (lakkolit va boshqalar) va nomos (batolitlar, shtoklar, Daykalar va boshqalar) yotgan Intruziyalar farq qilinadi. Magmani kirib borgan chuqurligiga qarab abyssal (chuqurlikda) va gipabissal (yuzarokda) Intruziya tarkib topadi. Chuqurlikdagi Intruziyada kontakt jinslarda o’zgarishlar kuchli bo’ladi. O’zbekistonda Nurota, Chatqol — Qurama va boshqa tog’larda Intruziyaning turli xillari ko’p tarqalgan.