Intuisiya

Intuisiya (lot. intuitio — sin- chiklab qarayman) — haqiqatni dalil b-n is-botlamasdan, bevosita fahm- farosat b-n anglab olish qobiliyati; fikran ilg’ab olish (“akliga kelish”) yo’li b-n tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shak- lda umumlashtirish. Tadqiqotchilar Fi- kricha, I.ning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy I. deb, aqliy mu- Shohada va b. sezgi obrazlariga bog’liq bo’lmagan holda tushunchadan oldin ke- ladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql b-n ilg’ab olish aqliy (intellektu- al) I. deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat b-n muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy Ilhom mistik I. hisoblanadi (J. Mariten). I. — sub’ektning ob’ekt b-n bevosi- ta qo’shilishib ketishi okibatidir (A. Bergson). Psixoanalizu I. ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3. Freyd). Sharq fal-safasida I.ni “ilohiy Ilhom” yoki “ilohiy zehn” deb atashgan (Ibn Sino). I.ni o’rganib, boshqarib ham bo’lmaydi. U to’satdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida ro’y beruvchi reflektiv ja- rayonlar shu qadar murakkab zanjirli bog’lanishlar hosil qiladiki, ba’zan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizi- midagi halqalar bir-biriga tutashib ke- tadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat I.ning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan ro’y berganligi uchun kishilar I.ni ilohiy va g’ayritabiiy mohiyatga bog’lab tushuntirishga urinishadi, Le- kin uning zamirida o’ziga xos psixik jarayonlar yotadi. I. inson miyasida ro’y beruvchi o’z-o’zini sozlash, o’z-o’zini muvo- fiklash mexanizmi b-n bog’langan. Miyada muayyan paytda o’z-o’zidan ishlash jarayoni sodir bo’ladi va u o’z-o’zicha yangi bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazo- rat qilmaganligi-miz tufayli miyamiz- ga yangi fikr quy-ilib kelgandek bo’lib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz o’z- o’zidan hisoblab chiqqan bo’ladi.