INVAR

INVAR (lotincha invariabilis — o’zgarmas) — temirning nikel bilan qotishmasi. Ma’lum temperaturalar oralig’ida o’lchamlarini deyarli o’zgartirmaydi (— 80° dan 100° gacha temperatuada issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsienti 1,5-10 6 grad~1, ya’ni temirnikidan 8 baravar kichik). Tarkibi — temir (63-64%) va nikel (~ 36%). Tarkibida 63-64% temir, 31— 32% ni- kel va 4% kobalt bo’lgan Invar superinvar deiiladi (issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsienti 0,03-10-6-0,5-10-6). Invar aniq asboblar, masalan, geodezik va optik asboblar uchun ishlatiladi.