INVESTITSIYA LAGI

INVESTITSIYA LAGI – investitsiyalarni amalga oshirish va ularning o’z xarajatlarini o’zi qoplashi o’rtasidagi vaqt uzilishi. Barcha ishlab chiqarish kapital mablag’larning (shu jumladan uskunalarga sarflarning) oborotini, ishlab chiqarish obyekti ko’rilishining o’rtacha muddatini xarakterlaydigan ko’rilish lagi, ishga tushirilgan obyektning loyiha quwatiga erishishi uchun zarur bo’lgan o’rtacha muddatni xarakterlaydigan o’zlashtirishlagini o’z ichiga oladi.