Ion bog’, elektrovalent bog’, Geterovalent bog’

Ion bog’, elektrovalent bog’, Geterovalent bog’ — kimyoviy bog’turlari- dan biri, qaramaqarshi zaryadli ionlar o’rtasidagi elektro-statik o’zaro ta’sir kuchiga asoslanadi. I. b. elektroman- fiylik jihatidan bir-biridan katta farq qiladigan ikki element orasida vujudga keladi. Bunday bog’lar ishqoriy metallarning galogenidlarida ko’proq hosil bo’ladi. LiF birikmasidagi litiy b-n ftor orasidagi bog’bunga yaqqol mi- sol bo’la oladi. Har qaysi ion o’z atro- fida elektr maydoni hosil qiladi. Shu sababli I. b. li molekulalar geteropo- lyar birikma deb ataladi. Ge-teropolyar birikmalar hamma agregat holatlarda ionlik tavsifini saklab qoladi. Mas, NaCl birikmasi gaz, suyuq va qattiq holatlarning hammasida xam Na+ va Cl ionlardan tarkib topgan va ular orasida I. b. mavjud.