Ion kanallari, ion o’tkazuvchi kanallar

Ion kanallari, ion o’tkazuvchi kanallar —tirik xujayra va hujayra organoidlarining lipopro-teid tabi- atli membranalarida, mem-brananing har xil modda va ionlarga bo’lgan tan- lab o’tkazuvchanlik xossasini ta’min- lovchi molekulyar sistemalar (Na+, K+ va Sa2+ kanallari, mitoxondriya va bakteriya hujayrasi membranasidagi proton kanallari). I. k. dastlab nerv hujayrasi membranasida, keyinchalik boshqa to’qimalarda hamda tsitoplazmik membranalar komplekslari, tsitoxro- moksidazalar, rodopsin va b. tarkibida qayd etilgan. Oksillar membranani “te- shib o’tib”, ion o’tkazuvchi sistema hosil qiladi. I. k. ning tanlab o’tkazish Xu- susiyati uning geometrik parametrlari, ichki devori va bo’shlig’ida joylashgan kimyoviy guruxlar xususiyatiga bog’liq. I. k. orqali transport faol (energiya sarfi orqali) va passiv (membrananing ikki tomonidagi elektrokimyoviy po- tentsiallar farqi orqali) bo’ladi. Bitta ion kanali orkali bir sek. da 107 — 10″ ion o’ta oladi. Bir qancha birikmalar ion kanali elementlari b-n birikib, kanal- ning chala o’tkazuvchanlik xususiyatini bu- zadi (chayonlar va ilonlar zaharidagi tok- sinlar, ayrim baqalar terisidan ajra- ladigan batroxotoksin, tet-radotoksin va tetraetilammoniy). Ayrim tuban molekulali birikmalar, mas, antibio- tiklar (gramisidin A, alametisin, amfoterisin) yordamida membranada I. kanallarini hosil qilish mumkin. Bu birikmalarning zahar sifatida ta’siri membrana o’tkazuvchanligining oshib ke- tishi tufayli hujayradagi ion muvoza- natining buzilishi b-n bog’liq.