IONI DENGIZI

IONI DENGIZI – O’rta dengizning Markaziy qismi, Bolqon va Apennin yarim orollari hamda Krit va Sitsiliya orollari oralig’ida. Otranto bo’g’ozi orqali Adriatika dengizi bilan, Messina bo’g’ozi orqali Tirren dengizi bilan qo’shilgan. Yirik qo’ltiqlari: Patraikos, Korinf va Taranto. Sharqida ioni orollari bor. Maydoni 169 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 4000 metrdan ortiq (eng chuqur joyi 5121 metr). Suv temperaturasi Fevralda 14°, avgustda 25,5°. Sho’rligi 38%o. Baliq (skumbriya, qizil tunes, kambala, kefal) ovlanadi. Yirik portlari: Patri, Kerkira — Gresiyada, Taranto, Kataniya — Italiyada.