Ionlash kamerasi

Ionlash kamerasi – ionlash- tiruvchi nurlanish (gamma-nurlanish, elektronlar, protonlar, a-zarralar va b.) ni qayd qilish, tekshirish va o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Uning ishlashi nurlanishlarning gazni ionlash xususi- yatiga asoslangan. U to’rtburchak, tsilindr va shar shaklidagi metall ka-meraga gaz yoki havo to’ldirilib, o’rtasidan izolya- tsiyali metall sim o’tkaziladigan metall kamera (1-rasm). Kamera tashqi elek- trod, sim esa ichki elektrod vazifasini o’taydi. Elektrodlar katta (2000-2500 V) kuchlanish man-baiga ulansa, kamera ichida tashki ionlashtiruvchi nurlanish- lar ta’sirida gaz ionlashib, zanjirda ionlash toki hosil bo’ladi (2-rasm.) Tok miqdori I. k.ga tushayotgan nurlar in- tensivligi hamda elektrodlarga ulangan manba kuchlanishiga bog’liq. Intensivli- gi juda kam bo’lgan nurlar gaz razryadli I. k. neytronlarni qayd qilish uchun ham ishlatiladi. Sekin neytronlarni qayd qilish uchun kameraning ichki sirtiga bor qatlami qoplanadi yoki kamera bor ftorid (BF3) b-n to’ldiriladi. Bu holda ionlash jarayoni yadro reaktsiyasi 10B(n, a)7Li mahsulotlari b-n amalga oshirila- Di. Tez neytronlarni qayd qilish uchun kamera vodorod b-n to’ldiriladi, bu holda ionlash jarayoni ajralgan proton- lar hisobiga amalga oshadi.