Iqlim

Iqlim – muayyan joyning shu joyga xos bo`lgan va yildan-yilga takrorlanib turadigan ob-havo tiplari (quruq, issiq yoki seryog`in, sovuq va h.k.). Iqlim Quyosh radiatsiyasi, yer yuzasi holati va atmosfera harakati hosilasidir. Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror bo`ladi. U yillar, asrlar mobaynida emas, geologik davrlar mobaynida o`zgaradi.