IQTISODIY EKSPERIMENT
IQTISODIY EKSPERIMENT – ilmiy asosda amalga oshirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish sohasidagi u yoki bu g’oyalar yoxud gipotezalarni amalda tekshirishni maqsad qilib qo’yadigan tajriba. Iqtisodiy eksperiment quyidagi tartibda o’tkaziladi: nazariy va tashkiliy tayyorgarlik, iqtisodiy-matematik modellash, eksperiment borishini kuzatish, yakun chiqarish, natijalaridan foydalanish xususida xulosalar va takliflar chiqarish.