IQTISODIY MAQSADLAR
IQTISODIY MAQSADLAR – maqsadlar, unga erishish jamiyatga barqarorlik va farovonlikni ta’minlab berishi mumkin. Ular quyidagilardan iborat: barqaror iqtisodiy o’sishga erishish; mo’tadil inflyatsiyaning mavjudligini nazarda tutuvchi baholarning barqaror darajasini ta’minlash; yuqori bandlik darajasiga erishish; iqtisodiy samaradorlikka erishish, daromadlarning adolatli taqsimlanishiga erishish.