IQTISODIY MUAMMOLAR
IQTISODIY MUAMMOLAR – nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish. Har bir iqtisodiyot oldida bir qancha muammolar turadi. Bular – nimani ishlab chiqarish, ya’ni qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish; mahsulotlarni qanday qilib ishlab chiqarish; mahsulotlar jamiyatda qanday taqsimlanishi kerak kabi. Hozirda ushbu muammolarni eng muvofiq qilib hal eta olgan iqtisodiy tizim – bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Chunki unda bu muammolar iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda eng kam xarajatlar bilan hal etiladi.