IQTISODIYOT AKTIVLARI

IQTISODIYOT AKTIVLARI – obyektlar bo’lib, ularga institutsion birliklar yakka holda yoki jamoa bo’lib egalik qilish huquqiga ega bo’ladilar. Ularning egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko’radilar. Iqtisodiy aktivlarmoliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo’linadi. Nomoliyaviy aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma mablag’lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (yer, yer osti qazilma boyliklar, o’rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va depozitlar, qimmatli qog’ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari kiradi.