IQTISODIYOT NAZARIYASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI – insonning cheksiz ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun, cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yo’llarini tanlash sharoitida kishilik jamiyatining rivojlanish qonuni va qonuniyatlarini o’rganadi. Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy tizimlar evolyutsiyasi, milliy boylik va jamiyat farovonligini oshirish manbalari hamda harakatga keltiruvchi kuchlarni tahlil etishni ham o’z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani barcha iqtisodiy fanlarning poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi hisoblanadi.