IRG’A

IRG’A, qo’ng’ir (Anas strepera) — o’rdaksimonlar oilasining turi. O’rtacha kattalikdagi qush, vazni 0,73—1,3 kilogramm. Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyoda tarqalgan. Asosan, Shimol va O’rta dengiz qirg’oklarida hamda shimoliy Amerikaning Janubda qishlaydi. O’zbekistonda uya quradi, migratsiya davrida uchrab, qisman qishlaydi. Irg’a suv o’simliklari mo’l bo’lgan ko’llarda yashaydi. Uyasini suvdan uzoq bo’lmagan quruq yerlarga quradi; 6-14 dona tuxum qo’yadi. Ularni 27-28 kun bosadi. Bolalari tuxumdan chiqib qurishi bilanoq, suvga tushib, suza boshlaydi. 2 oyligida uchirma bo’ladi. Asosan, suv o’simliklari, suvda yashaydigan umurtqasiz qayvonlar bilan oziqlanadi. Go’shti uchun ovlanadi.