IRG’AY

IRG’AY (Cotoneaster) — ra’nodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Afrikada 100 dan ortiq turi bor. O’zbekistonda 6 turi ma’lum. Gullari oq, mayda, 5-20 tadan shingilsimon to’plangan. Mevasi ikki danakchali. Cho’l, adirlar va tog’larda Toshloq yon bag’irlarida o’sadi. Ayrim turlari (masalan, S. melanocarpa) manzarali o’simlik sifatida ekiladi.