IRG’IZ
IRG’IZ — Qozog’iston Respublikasining Oqto’ba viloyatidagi Daryo. To’rg’ayning o’ng irmog’i. Uzunligi 593 kilometr, havzasining maydoni 31,6 ming kilometr kvadrat. Mug’ojar tog’larining Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat Daryo o’zanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irg’izning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida sho’rroq. Asosan, qordan to’yinadi. Quyilish joyida o’rtacha yillik suv sarfi 7,56 m3/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan bo’shaydi.