Irkutsk

Irkutsk — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1686 yildan), Irkutsk viloyati markazi. Angara daryosiga Irkut daryosi quyiladigan joyda. Baykal ko’lidan 66 kilometr g’arbda. Temir yo’l stantsiyasi, Angara daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 580 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). 1661 yilda vujudga kelgan. Angara daryosida Irkutsk GES qurilgan. Mashinasozlik sanoati rivojlangan (og’ir mashinasozlik, stanoksozlik, aviatsiya, elektrotexnika zavodlari bor). Slyudaga ishlov berish fabrikasi (radio va elektr sanoati uchun detallar), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sibir bo’limining ilmiy markazi, 8 oliy o’quv yurti (shu jumladan, unviersitet), 4 teatr, memorial majmua, Dirk, telemarkaz, planetariy, o’lkashunoslik va badiiy muzeylar ishlab turibdi.