Iroq

 Rasmiy nomi — Iroq Respublikasi (Al-Jumxuriya al Iroqiya). Poytaxti — Bag’dod. Hudu­di – 435,1 ming km.kv. Aholisi – 28,2 mln kishidan ortiq (2012). Rasmiy tili — arab. Dini — islom (95%), xristianlar (3%). Pul birligi- iroq dinori. Geografik joylashuvi va tabiati. Iroq Osiyoning janubi g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Turkiya, janubda Saudiya Arabiston va Quvayt, g‘arbda — Iordaniya va Suriya, sharqda Eron bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy sohillari Fors qo‘ltig‘i bilan tutashgan. Mamlakatning shimoliy qis­mi-Al-Jazra Arman tog’liklari va Turkiya bilan chegaradosh hududlarda joylashgan. Bu hududning eng baland nuqtasi — 2135 m. Dajla va Frot daryolari oralig‘ida keng vodiy yastanib yotadi. Frotning g‘arbiy tarafidan vodiy Suriya cho‘llariga tutashib ketgan.  Iqlimi-kontinental. Mamlakatning markaziy qismida xurmo va terak daraxtlari o‘sadi. Iroqning katta qismini chalacho‘l va cho‘llarga o’tib boruvchi tekisliklar egallagan. Tog‘li hududlarda ignabargli butalar bor. Iroq hayvonot dunyosi rang-barangdir: mamlakatning o’rmon va cho‘llarida ohu, antilopa, gepard, sher, bo‘ri, chiyabo‘ri, quyon va boshqa hayvonlarni uchratish mumkin. Davlat tuzilishiga ko‘ra prezidentlik respublikasi. Iroq 18 ta viloyatdan iborat. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Siyosiy partiyalari: Kurdiston demokratik partiyasi, Iroq kommunistik partiyasi, Arab sotsialistik uyg’onish partiyasi, Kurdiston partiyasi.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iroq agrar-industrial davlat. Iqtisodining asosini neft qazib olish tashkil etadi. Neftni qayta ishlash, sement. to’qimachilik, teri-poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivoj­langan. Kimyo-farmatsevtika, shisha, elektrotexnika, aftomobil yig‘uvchi korxonalar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari ishlab turibdi. Neft xomashyosi, funduq, quruq mevalar asosiy eksport mahsulotlari hisoblanadi. Og‘ir mashinasozlik va mudofaa sanoati mahsulotlari, transport jihozlari, temir, po‘lat, asosiy sanoat mahsulotlari, g‘alla, oziq-ovqat mahsulotlari importda muhim o‘rin tutadi. Asosiy savdo hamkorlari: Iordaniya, Turkiya, Braziliya, Yaponiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya. Asosiy porti: Basra.

 Tarixi. Qadimgi Iroq hududida m. a. IV ming yillikda Shumer davlati tashkil topgan.   М. a. III ming yillikdan I ming yillikgacha bu hududda Akkad, Bobil va Ossuriya davlatlari mavjud bo’lgan. M. a. 539-331 yilgacha bu hududlar Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga, keyin 200 yil davomida Aleksandr Makedonskiy imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Undan so‘ng yana forslar hukmronligi ostiga qaytgan. VII asrda bu hududlami arablar bosib olgan. XIII asrda esa mo‘g‘ul bosqinchilari bu yerlarga bostirib kirdi. XVI asrdan XX asrgacha Iroq Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib keldi. 1916-yili Buyuk Britaniya bu hududlarni istilo qildi. 1932-yili Iroq o’z mustaqilligini qoiga kiritdi, lekin oradan ko‘p o‘tmay 1941-1945-yillarda Buyuk Britaniya, Eron, Pokiston va Turkiya jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi «Bag’dod pakti»ni imzolashdi. 1958-yil monarxiya ag’darilib, Iroq «Bag‘dod pakti»dan chiqdi. 1963-yil AQSHning qo’llab-quwatlashi bilan Iroqda harbiy davlat to‘ntarishi amalga oshirildi. 1980-yil Iroq va Eron o‘rtasida urush boshlanib ketdi. 1988-yil urush to‘xtatilib, 1990-yil Eron bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Shu yili Iroq Quvayt hududiga bostirib kirdi. BMT Iroq bilan savdo aloqalariga embargo e’lon qildi. 1991-yil AQSH boshchiiigidagi NATO harbiy kuchlari «Sahrodagi bo‘ron» deb nomlangan Iroqqa qarshi harbiy operatsiyani boshladi. 1994-yil Iroq Quvaytga nisbatan o‘z da’vosidan voz kechdi. 1998-yil qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha BMT maxsus komissiyasi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bu Fors ko‘rfazida AQSH harbiy kuchlarining to‘planishiga asos bo‘ldi. 2003-yilning mart oyida AQSH va Buyuk Britaniya Saddam Husaynni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida Iroqqa qarshi harbiy operatsiyalarni boshladi, natijada S.Husayn hokimiyatdan ag‘darilib, deyarli butun Iroq hududi AQSH nazorati ostiga o’tdi. Hozirgi kunda mahalliy boshqaruv organlari shakllantirilmoqda.