“IRSHOD AZ-ZIRO’A FI ILM ALHIROSA”

“IRSHOD AZ-ZIRO’A FI ILM ALHIROSA” (“dehqonchilik ilmi haqida qo’llanma”) — 1515 y. hirotlik olim Niyoziy Hiraviy tomonidan yozi- lib, temuriylardan Sulton Mahmudga takdim etilgan asar. 8 bob (Ravza-gul- Shan) dan iborat: 1) tuproqshunoslik (erning turlari); 2) har xil ekinlarni ekish jadvali; 3) don ekinlari, 4) uzum- chilik; 5) sabzavotchilik va ko’k ekinlar; 6) meva, man-zarali daraxtlar va gul ekish; 7) pay-vand qilish, mevali daraxt- larni ekish tartibi, sug’orish usullari va asalarichilik; 8) mevali va manzarali daraxtlar, gullarni ma’lum reja (tarh) b-n ekish. Muallifning FIK-richa, erni yaxshi haydash, o’g’itlash, sug’orish, ekin- ni o’z vaqtida ekish va parvarish qilish tufayli har qanday erdan ham yuqori hosil olish mumkin. Asarda urug’tan- lashga alohida e’ti-bor berish lozimli- gi ko’rsatilgan. Asarning don, texnika ekinlari, paxtachilik, bog’dorchilik, po- Liz ekinlari, sabzavotchilik va gulchi- likka bag’ishlangan boblari diqqatga sa-zovor. Unda meva navlarini yaxshi- lash uchun payvand qilish va changlatish- ning ahamiyati kattaligi yozilgan. O’rta Osiyo dehqonchilik agrotexnikasini o’rganishda qimmatli manba bo’lgan bu asarning qo’lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. N565).