Isaev Leonid Mixaylovich

Isaev Leonid Mixaylovich (1868.16.8, Peterburg gubernyasi — 1964.23.1, Samarqand) — parazito- log-epidemiolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1944). Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgan (1912). Buxoro Xalq Respublikasida Pa- razitar kasalliklarga qarshi ku-rashish maqsadida tashkil etilgan ekspedisiya rahbari (1922-23), 1923 y.dan umri- ning oxirigacha tropik kasalliklar il- miy tadqiqot in-ti direktori (in-t 1931 y.da Buxorodan Samarkandga ko’chirilgan, hoz. O’zbekiston tibbiyot parazitologiya- si ilmiy tadqiqot instituta deb atala- Di. Shu in-tga va u joylashgan ko’chaga L. M. Isaev nomi berilgan), SamTI tropik kasalliklar ka-fedrasi mudiri (1936— 49). O’zbekistonda bezgak, leyshmanioz, rishta va b. parazitar kasalliklarga qarshi kurash va ularni yo’qotish ishida bevosita qatnashgan.