Isfahoniy

Isfahoniy, Abdulfaraj Ali ibn Alhusayn ibn Muhammad al-Qurayshiy alkotib al-Isfahoniy (897, Isfahon — 967, Bag’dod) — Arab mu-siqashunosi, sho- iri va olimi. Ray viloyati hokimining kotibi, shahar qo-zisi, keyinchalik Halib sh.da Abbosiy amirlardan say- fuddavla saroyida no-dim bo’lib xizmat qilgan. Turli ilm sohalari bo’yicha 30 ga yaqin asar muallifi, bulardan ettitasi bevosita mu-siqaga bag’ishlangan. Fal- Safaga oid “Tolibiylar qatli kitobi” asari bizgacha saqlanib nashr qilingan. Bundan tashqari, mashhur Arab shoir va adiblari Abu Tammom, Buxturiy va Abu Nuvoslarning asarlarini to’plab, mu- kammal devon tuzgan. Asarlari ichida eng mashhuri 22 jildli “kitob ul-Ag’oniy” (“qo’shiklar kitobi”) hisoblanib, u, asosan, 7 — 8 a.lardagi she’riy va musiqiy san’at- ga bag’ishlangan. Asar qad. va o’rta asr Turon, Eron xalqlari musiqa madaniya- tiga tegishli ma’lumotlarga boy. Unda mashhur bastakor, sozanda va xonan- dalar Borbad, Ibn Surayj, Ibrohim al-Mavsiliy, Ishoq al-Mavsiliy, Yunus alkotib, Mansur Zalzal, Barsuma, sug’dlik Alluvayh, shoirlar Bashshar ibn Burd, Huraymiy, Xalif ibn Ahmar va b. haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, kitobda musiqa naza- riyasi va amaliyotining bir qancha masa- lalari (mas, Xusravoniy, taroiq, Doston, savt, turli usullar, she’riy va musiqiy o’lchamlar) yoritilgan.