Isfarak

Isfarak — jaydari o’rik navi. Isfarakning qizil Isfarak, oq Isfarak, bodom Isfarak, chiroyli Isfarak va boshqa xillari bor. Daraxti kuchli o’sadi, shox-shabbasi serbarg. Mevasi o’rtacha 25-30 gramm, dumaloq, sarg’ish. Po’sti yupqa, sertuk, eti tig’iz, tarkibida 14-16% qand bor, danagidan oson ajraladi. Danagi uchli. Mart oyida gullaydi. O’zidan, shuningdek, Subxoni, Arzami, hurmo navlari bilan yaxshi changlanadi. Ko’chati o’tqazilgach, 3-4-yilda hrsilga kiradi, mevasi iyulning 2-yarmida pishadi, mevalari bir vaqtda yetilmaydi, pishishi (15-20 kunga cho’ziladi). 30-40 yoshida tupidan 300-400 kilogramm hosil olinadi. Mevasi, asosan, quritiladi, kompot, murabbo pishiriladi. Farg’ona, Andijon, Toshkent viloyatlarining tog’ oldi hududlarida ekiladi.