Isfayramsoy

Isfayramsoy (Isfayram), is- Payram — Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalaridagi dare, sir-daryoning chap irmog’i. Yuqori oqimida Tengizboy deb nomlanadi. Kichik olay (uz. 33 km), Surmatosh (33 km), tegir-machsoy (26 km), Ko’lsoy (21 km), Po’msoy (19 km) kabi Yi- rik irmoklari va 60 ga yaqin mayda irmo- klari bor. Uz. 122 km, havzasining mayd. 2220 km2. I. xavzasida umumiy mayd. 134,6 km2 bo’lgan 72 ta muzlik bor. O’rta va yuqori oqimida juda ko’p mayda tog’ ko’llari joylashgan. Ulardan eng yiri- gi dengiz sathidan 3892 m balandlikda joylashgan Zarko’ldir. I., asosan, muz- lik, qor va qisman yomg’ir, er osti suv- laridan to’yinadi. Uchqo’rg’on qishlog’i yaqinida o’rtacha yillik suv sarfi 21,9 m3/sek. I.da to’linsuv davri may—sent. oylarida kuzatiladi, bu vaqtda yillik oqimining 55-70% oqib o’tadi. Eng ko’p suvli oy —iyulda o’rtacha oylik suv sarfi 50,7 m3/sek, eng kam suvli oylar (Fev.— apr.)da o’rtacha oylik suv sarfi 10-11 m3/sek bo’ladi. Daryo Farg’ona vodiysi- ga yiliga 160 ming t oqiziq keltiradi. Suvining deyarli hammasi sug’orishga sarflanadi, sir-daryogacha (chapdan) etib bormaydi. Havo t-rasining keskin ko’tarilishi oqibatida muzliklar va qor qoplami jadal erib, I. havzasidagi ko’llarda suv sathining keskin ortishi va to’g’onlarni buzib o’tishi natijasida falokatli sel toshqinlari ham bo’lib tu- radi. Mac, 1966 y. 18 iyundagi ana shun- Day sel kelishida suv sarfi 1770 m3/ sek. ga etgan. I. bo’yida O’zbekistonning Quvasoy sh. Qirg’izistonning Langar, Maliksuv, maydon, Uchqo’rg’on va b. qishloklari joylashgan.