ISHLAB CHIQARISH DASTURI
ISHLAB CHIQARISH DASTURI -mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan o’zaro uzviy bog’liq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va i.ch. chora-tadbirlari majmui. I.ch.D.ni tuzishda ishlab chiqarshi gra-figi, tex- nologik yo’nalish, mahsulotning kon- struktiv tarkibi (ya’ni unga kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlang’ich axborot bo’lib xizmat qiladi. Uni tuzishda ilmiy asoslanganlik, dav- lat, korxona, ishchilar manfaatlarini hisobga olish, dasturni optimallash- tirish, uzluksizlikni ta’minlash, mahsulot i.ch.ning komp-leksligini hisobga olish kabi tamoy-illarga amal qilinadi. Bozor iqtiso-diyoti sharoi- tida bunday chora-tadbirlar korxona- ning biznes rejasiaa. aks etadi. Shunga muvofiq, korxonaning I.ch.D. ham biz- nes rejadan boshlanadi. I.ch.D.da yalpi mahsulot hajmi, sotish uchun tayyorlan- gan mahsulot hajmi, mahsulot assorti- menti (turlari), mahsulot sifati, navi, me’yoriga etmagan mahsulotlar miqdori, xom ashyo balan-si, i.ch. quvvati, i.ch. vo- sitalaridan va xom ashyodan foydalanish, shuningdek, mahsulotni qachon, qaerga, qanday tartibda etkazib berishi yoki ta- shish va b. aks etadi. I.ch.D.ni tuzishda tizimli tahlil, grafiklar nazariyasi, operasiyalarni tadqiq qilish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisoblash, mantiqiy-tarkibiy taxlil, iqtisodiy matematik modellash, iqtisodiy taxlil va b. usullar qo’llanadi. I.ch.D. muayyan i.ch.ning natural (dona, tonna, metr, litr va h. k.), qiymat (me’yoriy toza mahsulot, tovar, sotilgan mahsulot hajmi, tugal- lanmagan mahsulot qiymati va b.) va si- Fat (me’yoriy toza mahsulot, brak va b.) ko’rsatkichlarini qamraydi.