ISHLAB CHIQARISH GRAFIGI

ISHLAB CHIQARISH GRAFIGI korxonada muayyan davr (kun, oy, cho-rak, yil) davomida mahsulot i.ch.ning kalen- dar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida bo’limlari (tsex, uchastka, potok liniyalar, agregat va b.) mikyosi- da tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi. I.ch.g. detallarni i.ch.ning texnologik sxemasi va ket-ma-ketligi hamda tayyor mahsulotning tarkibiy qismlarga bo’linish qoida-siga asosla- nadi. Korxonada I.ch.g.lari kamrov do- irasiga kura, korxona mikyosida oylik topshiriqlar grafigini ishlab chiqish; tsex uchastka yoki bo’lim bo’yicha bir ma- shinakomplektga kerakli detallar va uzellar sonini hisoblab chiqish; de- tallar, uzellarni i.ch.-ning kundalik grafik topshiriqlarini ishlab chiqish; i.ch. ortda qolgan detallar bo’yicha 10 kunlik tezkor i.ch. grafigini ishlab chiqish va b. bo’lishi mumkin. Mahsulot i.ch.ning yakka tartibda yoki seriyalili- gi mahsulotning turi, uning detallari, uzellari miqdori, texnologik operasi- yalarning xilma-xilligi, i.ch. jarayonida operasiyadan operasiyaga o’tishning ko’p yo’nalishliligi va b. b-n xarakterlana- Di va jarayonlarni o’zaro bog’lab tura- Di. I.ch.g.ga qat’iy rioya qilish korxo- naning hamma bo’limlari ishida o’zaro uyg’unlikni, hamkorlikni ta’minlaydi.