Ishonchli vakil

Ishonchli vakil – 1) O’zbekiston Respublikasida Oliy Majlis deputatligiga nomzod yoki Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodning vakili. Ishonchli vakil nomzodning deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadi, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o’zaro munosabatlarda, shuningdek, saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladi. Ishonchli vakil to’g’risidagi qonun-qoidalar “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” (1993 yil 28 dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari to’g’risida” (1994 yil 5 may) O’zbekiston Respublikasinig qonunlarida belgilangan; 2) biron-bir shaxs tomonidan muayyan huquqiy oqibatlarni keltiruvchi xattiharakatlarni sodir etish, muayyan vazifalarni bajarish majburiyati yuklangan shaxs. U mazkur vazifalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida, o’ziga berilgan vakolatlar doirasida, boshqa bir shaxs topshirig’iga binoan va uning nomidan amalga oshiradi. Ishonchli vakilga oid asosiy qonun-qoidalar FKning 129-134-moddalarida belgilangan.