Ishoq ibn Kundoj

Ishoq ibn Kundoj, Ibn kun dojiq (?-893) — abbosiylar qo’shinidagi turkiy amirlardan. Jasorati va ko’rsatgan qahramonliklari tufayli “Ishoq Kundashikan” (“Ishoq to’nkayorar”) nomi bilan shuhrat qozongan. Xalifalar Mu’tamid alalloh (870— 892 yillarda hukmronlik qilgan) va Mu’tazid Billoh (892-902 yillarda hukmronlik qilgan) davrida Mosul va Jazira (Mesopotamiya) voliysi bo’lgan, Amir zanj va Tuluniylar sulolasi asoschisi Ibn Tulun bilan birgalikda ko’plab jangu jadallarda qatnashgan. Ishoq ibn Kundoj vafot etgach, rivoyatlarga ko’ra, Amudaryo bo’yida bo’lgan Gunbod qal’asi yoniga dafn etilgan.