ISKANDARDARYO

ISKANDARDARYO — Tojikistondagi daryo. Hisor tog’ tizmasining shimoliy yon bag’ridagi Iskandarko’ldan boshlanib shim.Sharq tomon oqadi va Yag’nobdaryo bilan qo’shilib Fondaryoni hosil qiladi. Uzunligi 20 kilometr, havzasining maydoni 950 km2. Iskandardaryo muzlik va qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi Iskandarko’ldan chiqish joyida 19 m/sek. Har 1 m3 suvida o’rta hisobda 16 gramm loyqa bor.