Iskandarov Sa’dulla
Iskandarov Sa’dulla (1939.5.2, Xorazm viloyati Bog’ot qishlog’i) — ki- myogar olim, O’zbekiston FA akad. (2000). O’zbekiston qishloq xo’jaligi FA akad. (1991), kimyo fanlari D-ri (1973), prof. (1980). Toshkent farmasevtika in-tini tugatgan (1961). O’zbekiston FA o’simlik moddalari kimyosi intida ilmiy xodim (1965-73), Xorazm pedagogika intida prorektor (1973-77). Urtaosiyo neftni qayta ishlash i.t. in-ti direktori (1977- 78). Toshkent irrigasiya va q.x.ni mexani- zasiyalash in-jenerlari in-ti rektori va kafedra mudiri (1978 — 86; 2001 y.dan), lab. mudiri (1976-1991). Toshkent Far- masevtika in-ti rektori (1991-2001). Ilmiy ishlari o’simliklar alkaloid- larini o’rganish, kimyoviy tuzilishini aniqlash, strukturaviy tahlil usulla- ri va ularni q.x.da qo’llash masalala- riga bag’ishlangan. Usimliklardan 24 yangi alkaloid ajratib olgan. Paxta- chilikda qo’llaniladigan biologik sti- mulyatorlar (A-1, Ketostim), “optim” defoliantini ixtiro qilgan. Shamol eroziyasiga karshi kurashda Interpoli- mer kompleks qoplama hosil qilish usu- lini yaratdi. Tibbiyotda keng ko’lamda ishlatiladigan bir qancha noyob dorilar (levomisetin, vitamin E, mumiyo va b.)ni i.ch.ning yangi texnologiyalarini taklif etdi. Oliy o’quv yurtlari uchun organik kimyo bo’yicha darsliklar yozgan. Jahon dorishunoslar Kongressi a’zosi (1996).