ISKANDARUN

ISKANDARUN – O’rta dengizdagi qo’ltiq, Turkiyaning janubi sharqida. Uzunligi 74 kilometr, eng keng joyi 46 kilometr, chuqurligi 99 metrgacha (kiraverishda). Sharqiy va Janubiy Sharqiy sohillari tog’li, g’arbiy qismi tekis. Iskandarunga Jayhon daryosi quyiladi. Suv qalqishi sutkalik, balandligi 0,8 metrgacha. Sharqiy sohilida Iskandarun porti joylashgan.