ISKIFAGN
ISKIFAGN — o’rta asrlarda Kesh viloyatining Xuzor rustoqida joylash- gan yirik shahar. Shahar nomi tarkibi- da sug’diycha “fagn” so’zining borligi bu erda mahalliy ma’budlarga atal- gan ibodatxona bo’lganligidan dalo- lat beradi. Shunga ko’ra, uni sug’diycha “Juda baland ibodatxona” yoxud turki ycha “eski ibodatxona”, deb atash mum- kin. “Hudud ul olam”PYa bu shahar Saki- fagn shaklida uchraydi. I. o’rnida hozir G’uzordan 9 km shim.da joylashgan Yi- rik Xo’jabuzruktepa shahar xarobasi joylashgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, shahar mil. 6-a.da vujudga kelib, 13-a. boshida mo’g’ullar istilosi natija- sida vayron bo’lgan. V. V. Bartoldning fikricha, I. atamasi hozir Eskibog’ qishlog’i nomi ko’rinishida saqlanib qolgan. Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Kamaliddinov Sh. S, Istori- cheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxa- ristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.