Islom

Islom-dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlardan biri bo’lib, unga e’tiqodda bo’lganlari musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo – Ollohga e’tiqod qiladi. Islom dini VII asrda Arabistonda vujudga kelgan. Muhammad Payg’ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini bugungi kunda arab davlatlarida, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Pokiston, Indoneziya, O’zbekiston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda hukmron din hisoblanib, unga e’tiqod qiluvchi musulmonlarning soni jahon bo’yicha 800 millionga yaqin kishini tashkil etadi.