Islom atlasi
Islom atlasi — 10-a.da tuzil- gan geografik xaritalar majmui. Evro- Pa ilmiy adabiyotlarida “Islom atlasi” nomini olgan. Uning asosini “Al-ma- solik va-l-mamolik” (“yo’llar va mam- lakatlar”) mavzusi bo’yicha Arab tilida yozilgan tavsifiy-geografik asarlar tarkibidagi xaritalar tashkil qiladi. I. a.da 21 xarita bo’lib, ular quyidagi tartibda joylashtirilgan: dunyoning doiraviy xaritasi, Arabiston, Fors dengizi, Mag’rib, Misr, Shom, Rum den- gizi, al-Jazira, Iroq, Xuziston, Fors, Kirmon, Sind, Armaniston (Arron va Ozarbayjon b-n birga), Jibol, Gilon (Tabariston b-n birga), Xazar dengi- zi, Fors chuli, Sijiston, Huroson, Movarounnahr). I. a.dagi xaritalar dastlab o’rtaosiyolik mashhur olim Abu Zayd ibn Saxl Balxiy (850-934)ning “Su- var al-akolim” (“iqlimlar surati”) geografik asarida berilgan. Uni Istax- riy Abu Ishoq al-Forisiy (850-934) qayta ishlab, xaritalarga ham ancha yangi ma’lumotlar kiritdi. Istaxriyning mazkur asari fanda “kitob masolik al- mamolik”, (“yo’llar va mamlakatlar ki- tobi”) nomi b-n ma’lum; nusxalari juda ko’p, jahonning turli kutubxonalariga tarqalgan. Forscha tarjimalari ham an- chagina. Shu sababdan Abu Zayd Balxiy va al-Istaxriy asarlari dastlab fors tili- da yozilgan, degan xulosalarham mavjud. I. a.sining Abul krs.im Ibn Havqal an- Nisibi (10-a.) tomonidan qayta ishlan- gani fanda ancha mukammal deb topilgan va u “kitob al-masolik va-l-mamolik” boshka nomi “kitob surat al-arz” (“er surati kitobi”) deb ataladi. Ibn Havqal asarida xaritalarga yozilgan izohlar ancha mukammal, muallif turli geogra- FIK manba ma’lumotlaridan ham keng foydalangan. Bu asar nafakat Sharqda, balki Evropada ham Shuhrat topdi. I. a.dan, asosan, Islom mamlakatla- rining xaritalari o’rin olgan va ular – ni “iqlimlar” ham deyishgan. Bu er yuzining siyosiy-ma’muriy qismlarga bo’linish (forslardagi “Haft kishvar”) ini eslatadi (q. Etti iqlim). I. a. keyingi yillarda Arab va fors tillarida geografik asarlar yozilishi- ga, xaritalar tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatdi, aksari mualliflar undagi xa- ritalarni o’z kitoblariga kiritdilar. I.a. Evropada nemis olimi K. Miller tomonidan nashr etilgan (1926), “Arab xaritalari” to’plamidan ham o’rin olgan. Omonulla Bo’riev.