Islom san’ati muzeyi

Islom san’ati muzeyi —Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira shahrida. 1881 yilda asos solingan. 1952 yilgacha arab san’ati muzeyi deb atalgan. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiyaning o’rta asrlar monumental byozak va amaliy san’at asarlarini jamlagan. Muzey to’plami negizini Qohira masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Qohirada qazib olingan topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda o’ta qimmatbaho qo’lyozma kitoblar va miniatyuralar, yog’och o’ymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari tasvirlangan releflar, 11-asr va boshqalar), kulollik, kandakorlik, rangli emal bilan naqshlangan shisha (masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va boshqalar saqlanadi.