Ismat Buxoriy
Ismat Buxoriy (taxallusi; asli ismi Ismatullo) (1365, Buxoro— 1436) — shoir. Buxoroda tahsil ko’rgan. Xalil Sulton va Mirzo Ulug’bek zamo- nida (1404-09; 1409-49) Samarqandda yashagan. 15-a. 30-y.larida saroydan ke- tib, Buxoroda istiqomat qilgan. Navo- iy “Majolis unnafois”da yozishicha, “Xuja Ismatullo Movarounnahr buzurg- zodalaridandir. Zohir ilmini takmil qilg’ondur. G’oyat xush-ta’bligidin o’zin she’rg’a mansub qilib, devoni mashhur bo’ldi”. I. B. turk, fors va Arab tillari- da ijod etgan, Buxoro adabiy muhitida zullisonayn an’anasini boshlab bergan shoirlardan. Uning 8 ming baytli bir de- voni va turkiy tilda yozilgan “Ibrohim Adham” nomli 1035 baytli asari bizgacha etib kelgan. I. B. ko’proq she’riyatning g’azal, qasida, masnaviy, ruboiy janrla- rida asarlar yaratgan. Hofiz Sheroziyga ergashib g’azallar yozgan. Ijodining aso- sini hayot, inson, ishq-muhabbat, yoshlik, mehnat va poklik to’g’risida bahs yuri- tadigan g’azallar tashkil etadi. Hajviy she’rlarida mubolag’a, ig’roq, g’uluv kabi san’atlardan foydalanib, o’z davridagi mavjud salbiy hodisalarni krralaydi. Uning “nobud” radifli g’azalida azob- uqubatda yashayotgan mehnatkash xalq hayoti ot timsolida realistik tasvirlangan. I. B. she’rlari ravonligi, ta’sir- chanligi, falsafiy fikrlarga va Origi- nal tasviriy vositalarga boyligi b-n Movaraunnahrda Shuhrat qozongan. I. B. adolatparvarlik va xalqparvarlik ruhida qasidalar yozgan. I. B.ning devoni 19 qo’lyozma nusxada Toshkent, Buxoro, Du- shanba, Sankt-Peterburg, Filadelfiya (AQSh), London va Kalkutta (Xindi – ston) kutubxonalarida saklanadi.