Ismatova Mavluda

Ismatova Mavluda (1943.7.5, Toshkent) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995), O’zbekiston Qahramoni (1999). Toshkent pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1968). 1961 yildan Toshkent viloyatidagi 26-maktab (1987 yildan Yunusobod tumanidagi 273-maktab)da boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1983 yildan direktor. Ismatova rahbarlik qilgan maktab 1995 yil respublikada “yilning eng yaxshi maktabi” deb e’lon qilindi. Maktabning yangilik sari tashabbuskorlik faoliyati, ilg’or tajribalari bevosita Ismatova rahbarligida amalga oshiriladi va u respublika miqyosida keng ommalashtiriladi.